Kobulda sodir etilgan teraktda 12 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Idgoh masjidi yonida olomon orasida kuchli portlash sodir etildi. ToloNews telekanalining xabar berishicha, portlash “Tolibon” rasmiy vakili Zabihulla Mujohid onasining janoza marosimi vaqtida yuz bergan. Buning oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi jarohat olgan.

Foto: AP
Taxmin qilinishicha, portlashdan keyin toliblar va “IShID-Xuroson” terrorchi guruhi jangarilari o‘rtasida otishma yuz bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, teraktga aloqadorlikda gumon qilinib 3 kishi qo‘lga olingan.
Ta'kidlanishicha, masjid Kobulda yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli masjid hisoblanadi.
18 va 19 sentyabrda Afg‘onistonning Jalolobod shahrida ham bir qator portlashlar sodir etilgandi. Hodisa oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. Xabarlarga ko‘ra, portlashlar uchun javobgarlikni “IShID-Xuroson” o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid

23:45 / 07.03.2025
AQShda qo‘lga olingan shaxs «Krokus»dagi teraktga aloqador ekanini tan oldi

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

22:37 / 22.02.2025
«Krokus» teraktidagi ayblanuvchilar yana bir hujum tayyorlagani aytilmoqda

17:31 / 06.02.2025