Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati ishga taklif etadi

Foto: Olmaliq KMK
Lavozim: Strategik rivojlantirish va transformatsiya bo‘limi boshlig‘i
To‘liq bandlik
Ish haqi suhbat natijasiga ko‘ra.
Malakaviy talablar:
- Oliy ma'lumot (iqtisodiyot, moliya yo‘nalishi bo‘yicha) hamda soha bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;
- Ingliz tili (bilishi shart) va boshqa tillarni bilishi ma'qullanadi;
- Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini bilishi va uni qo‘llash tajribasi;
- Kompyuter dasturlari, jumladan MS Excel dasturini to‘laqonli bilishi (murakkab formulalarni qo‘llash, hisobotlar tuzish, modellar yaratish, makros bilan ishlash va boshqalar)
- Tahlil qilish orqali professional xulosa chiqarish, raqamlarga qarab ularning iqtisodiy mohiyatini tushunish;
- Aniqlik bilan axborot to‘plash va tahlil qilish;
- Hisobot tuzish jarayoniga jalb etilgan boshqa xodimlar auditorlar, maslahatchilar, dasturchilar bilan muloqot qilish qobiliyati;
- Buxgalterlarning xalqaro sertifikatsiyasi doirasida Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.
Shaxsiy fazilatlar:
- Mas'uliyatlilik;
- Rahbarlik sifatlari;
-Stressga bardoshlilik;
-Tashkiliy masalalarni hal qilishi;
-Muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olishi;
Lavozim: Axborot texnologiyalari departamenti yetakchi muhandisi
Talab etiladigan ish tajribasi: kamida 3 yil
To‘liq bandlik
Ish haqi suhbat natijasiga ko‘ra.
Talablar:
- Loyihalarni rejalashtirish va nazorat qilish hamda texnologik, mehnat va boshqa xarajatlarni baholash tajribasi;
- Software va/yoki Hardware dasturida loyihalar ishlab chiqish va ularni boshqarish tajribasi;
- Dasturiy ta'minot guruhini boshqarish, barcha jarayonlarni tahlil qilish va optimallashtirish tajribasi;
- Muzokaralar olib borish;
- Ko‘p vazifali muhitda ishlash qobiliyati;
- Mijozlar bilan muloqot qilish va taqdimotlarni olib borish ko‘nikmalari.
Shaxsiy fazilatlar:
- Mas'uliyatlilik;
- Rahbarlik sifatlari;
-Stressga bardoshlilik;
-Tashkiliy masalalarni hal qilishi;
-Muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olishi.
Majburiyatlari:
- Loyihalarning strategik maqsad va vazifalari hamda ularga erishish yo‘llarini to‘g‘ri tanlash;
- Loyihalarni dastlabki baholash va ekspertizadan o‘tkazish;
- Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tuzish;
- Ijrochilar ishini muvofiqlashtirish, vazifalarni taqsimlash, axborot yig‘ish, ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etish;
- Loyihalarni amalga oshirish, sinovdan o‘tkazish va amalga oshirishda mas'uliyat bilan ishtirok etish;
- Loyiha ishtirokchilarini tanlash, resurslarni shakllantirish va loyiha budjetini tuzish;
- Rejalashtirilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish;
- Loyihalar borishini nazorat qilish, uni har taraflama tahlil qilib borish hamda xatarlarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish;
- Buyurtmachilar bilan muloqot olib borish (kelishish, bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berib borish).
- kombinat tarkibiy bo‘linma mutaxassislari bilan hamkorlikda loyiha faoliyatini rejalashtirish;
- Loyihaning texnik-texnologik tuzilishi, amalga oshirish muddatlari, zarur resurslar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni baholash;
- Loyihalarni amalga oshirish: loyihaning bosqichlarini ishlab chiqish, ishlarning borishini va belgilangan muddatlarga rioya etilishini nazorat qilish, loyiha budjetiga amal qilish, olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida doimiy ravishda hisobot berib borish;
- Loyiha ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, ichki va tashqi pudratchilar bilan munosabatlarni o‘rnatish.
Malakaviy talablar:
- Texnik yo‘nalishda oliy ma'lumot;
- IT – mahsulotlarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini bilishi;
- IT – guruhlarni boshqarish tajribasi;
- Yangi texnologiyalarni o‘rganish istagi.
Nomzodlar o‘zlarining rezyumelarini ok@agmk.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin.
Olmaliq KMK Matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim sohalarda mehnat shartnomalari elektron shaklga o‘tadi
Iqtisodiyot | 18:41
-
Malaka oshirish istagidagi shaxslarga «kasb vaucheri» beriladi
O‘zbekiston | 18:31
-
Qozog‘istonda birinchi AES qurilishi rasman boshlandi
Jahon | 18:22
-
Ishsizlik nafaqasini to‘lash shartlari o‘zgarmoqda
Iqtisodiyot | 18:21
Mavzuga oid

10:00 / 30.10.2024
“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” yillik eksport rejasini bajardi

16:43 / 23.11.2021
OKMK tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etadi!

16:00 / 25.10.2021
“Olmaliq KMK” qurilish korxonalari va tashkilotlariga sifatli sement mahsulotlarini taklif etadi

12:00 / 16.05.2021