Yaponiyada koronavirus bo‘yicha favqulodda vaziyat butunlay bekor qilinadi

Jahon 14:42 / 28.09.2021 3354

Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga mamlakatda 30 sentyabrgacha amal qiladigan koronavirus bo‘yicha favqulodda vaziyat rejimi butunlay bekor qilinishini aytdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Hozirda mamlakatdagi 47ta prefekturadan 19tasida favqulodda vaziyat rejimi amal qilmoqda. Yana sakkizta prefekturada koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha kuchaytirilgan choralar rejimi joriy etilgan.

Qayd etilishicha, barcha prefekturalarda koronavirus yuqtirish holatlari va og‘ir holatlar soni hamda tibbiy muassasalarga yuklamalar cheklovlarni bekor qilishga imkon beradigan darajaga tushgan.

Cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanishi aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: