Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlar bilan munosabatlardagi murakkabliklar haqida gapirdi
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlardagi murakkabliklar haqida gapirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

“Tojikistonga borganimizda qancha uchrashuvlar o‘tkazganimizdan xabaringiz bor. Turkmaniston prezidenti, hurmatli Gurbanguli Berdimuhamedov o‘sha yerda O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma'lum qildi. Suv masalasida, chegara masalasida juda muhim muammolarni yechib olishimiz kerak. Qirg‘iziston bilan chegara muammosini sobiq prezident Almaz Atamboyev bilan 57 foizga hal qilgan edik. Qolgan qismi ustida amaldagi prezident Sadir Japarov bilan yechyapmiz.
Oldin shunday harakatlar qilarmidik? Chegaralarimizda minalar bor edi-ku! Rivojlangan, yirik davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatmoqchi bo‘lsak, ular bizga – agar o‘z qo‘shnilaring bilan do‘st bo‘la olmasang, qanday qilib bizga do‘st bo‘lasan, demaydimi?
Bu harakatlarning hammasi xalqimiz uchun. Hammasining tagida inson manfaatlari, erkinligi, inson qadri yotibdi”, – deya prezidentlikka nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

21:19 / 21.12.2024