Xorazmda 650 ta ko‘p qavatli uy, Urganch aeroportida yangi terminal va shahar bo‘ylab yangi trolleybus halqa yo‘li quriladi – Prezident
Kelgusi besh yilda Xorazm viloyatida jami 18 ming kvartirali 650 ta ko‘p qavatli uylar barpo etiladi. Jumladan, Xonqada infratuzilmaga yaqin hududda 100 ta ko‘p qavatli uylar yirik massiv shaklida qurilib, 2 mingdan ziyod oilaning turmush sharoiti yaxshilanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ma'lum qildi.

“4 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘li va ichki ko‘chalar, 262 ta ko‘prikni qurish-ta'mirlash uchun 4,2 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Jumladan, Urganch tumanida 35 ta, Shovotda 34 ta va Yangiariqda 32 ta ko‘prik ta'mirlanadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm o‘rtasida Amudaryo ustidan o‘tadigan ko‘prik yo‘qligi, hammamiz uchun juda katta muammo edi. Shuni hisobga olib, joriy yilda Amudaryo ustidan o‘tadigan 412 metrli temir yo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigi qurilishini boshladik. Bunga 45 million dollar ajratdik. Men qayta-qayta ta'minladim – eng muhimi sifat. “Ura-ura” kerakmas!
Bu ko‘prik orqali qatnovni yo‘lga qo‘yish uchun, 82 kilometrli Shovot-Amudaryo-Gurlan-Qorao‘zak temir yo‘li ham barpo etiladi.
Urganch xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinib, yangi yo‘lovchi va yuk terminali quriladi. Toshkent shahridan Nukus va Urganch shaharlariga aviachipta narxining 25 foizini budjetdan subsidiyalash tartibini joriy qildik. Natijada, aviachipta narxlari 33 foizga arzonlab, aholi uchun qulaylik yaratdi (narxi 618 ming so‘mdan 416 ming so‘mga tushdi).
Shu sababdan, ushbu imtiyozni yana ikki yilga uzaytiramiz. Jamoat transporti parkini yangilash maqsadida, 400 ta zamonaviy avtobus sotib olinadi. Kelgusi yilda 61 ta yangi yo‘nalish ochiladi, 16 ta olis hududga jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Urganch shahri bo‘ylab yangi trolleybus halqa yo‘li quriladi” – dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07
-
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:42
-
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qilishda davom etdi
Jahon | 20:08
Mavzuga oid

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

14:12 / 25.06.2025
Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi

20:28 / 18.06.2025