Xorazmda 36 yoshli jurnalist avtohalokat oqibatida halok bo‘ldi

Jamiyat 15:25 / 20.09.2021 37349

YHXBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 19 sentabr kuni soat 23:35larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, Sarimoy qishlog‘i hududidan o‘tgan A-380 "G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 493-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi "Tacuma" rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvida bo‘lgan "Isuzu" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, "Tacuma" rusumli avtomobil haydovchisi A.M. hodisa joyida, ushbu avtomobil yo‘lovchilari S.M. (Said Mahsumov) shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal'a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turli xabarlarga ko‘ra, 36 yoshli Said Mahsumov boshqa jurnalistlar bilan birgalikda Nukusda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro baxshi festival-tanlovining yoritilishida qatnashgan.

Said Mahsumov Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ko‘p yillar davomida “Ma'rifat” va “Xalq so‘zi” gazetalarida ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: