Tanlov prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusning biri «Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarish»ga yo‘naltirilgan bandi ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkazildi.
Joriy yilning iyun-iyul oylari davomida tanlovning hududiy bosqichlari tashkil etilib, ularda jami 5320 nafar yosh ijodkorlar nazm, nasr, badiiy tarjima va tasviriy san'at yo‘nalishlarida ishtirok etishdi. Qizg‘in ijodiy bahslardan so‘ng Respublika bosqichiga 67 nafar yosh ijodkor yetib keldi.
16 sentyabr kuni «Adiblar xiyoboni»da loyihaning so‘nggi finali bo‘lib o‘tdi. Respublika bosqichida ishtirok etgan 67 nafar ishtirokchidan saralangan 10 nafar ijodkorlar 4 ta – nazm, nasr, badiiy tarjima, tasviriy san'at yo‘nalishi finalchilari bellashdi.
Nazm yo‘nalishida:
Shahriyor Shavkat va Rashid Xo‘jamov
Kumush Abdusalomova va Suhrob Ziyo
Nasr yo‘nalishida:
Firdavs Shokirov va Shavkat Do‘stmuhammad
Tasviriy san'at yo‘nalishida:
O‘ktam Isirgapov va Ulug‘bek Yusupov final g‘olibligi uchun kurashdi.
Natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
Nazm yo‘nalishida
1- o‘rin: Shahriyor Shavkat
2- o‘rin: Suhrob Ziyo
Nasr
1- o‘rin: Shavkat Do‘stmuhammad
2- o‘rin: Firdavs Shokirov
Badiiy tarjima
1- o‘rin: Alisher Sabriy
2- o‘rin: Shohrux Usmonov
Tasviriy san'at
1- o‘rin: Ulug‘bek Yusupov
2- o‘rin: O‘ktam Isergapov
G‘olib bo‘lgan 4 nafar ijodkorlarning har biri 25 million so‘mdan, ikkinchi o‘rin egalari 15 million so‘mdan hamda Respublika bosqichining barcha ishtirokchilari 5 million so‘mdan pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tanlov finalida ishtirokchilarni Xurshid Do‘stmuhammad, Murod Muhammad Do‘st, Nazar Eshonqul, Usmon Azim, Mirzo Kenjabek, Odil Ikrom, Aziz Said, Shodmonqul Salom, Ortiqali Qozoqov, Munira Norova hamda Vasiliy Xapov kabi ustoz ijodkorlar baholab borishdi.
Shuningdek, tanlov finaliga Shuhrat Daryo, Baxtiyor Rahmonov, «Dalahast» guruhi jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari bilan joziba ulashdi.
Katta ijod bayramiga aylanib ketgan «Duel» Respublika ijodiy tanlovining final bosqichida ko‘plab mehmonlar, adabiyot va san'at shaydolari, keng jamoatchilik vakillari, jurnalist va blogerlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.