BMT Afg‘onistonga gumanitar yordam berish uchun O‘zbekistonda logistika markazini tashkil etdi
Ma'lumot berilishicha, «Tolibon» harakati gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.

Foto: news.un.org
BMT Afg‘onistonga gumanitar yordam berish uchun O‘zbekistonda logistika markazini tashkil etdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
“Afg‘onistonda oziq-ovqat yordamiga bo‘lgan talab oshganligi sababli BMT Pokiston, Tojikiston va O‘zbekistondagi omborlarda birinchi ehtiyoj mahsulotlari zaxirasini ko‘paytirmoqda. Asosiy logistika markazi Termiz shahrida tashkil etildi”, - deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, BMT muassasalari Afg‘oniston viloyatlariga gumanitar yuklarni muvaffaqiyatli yetkazib bergan.
Qayd etilishicha, Jyenevada bo‘lib o‘tgan konferensiya yakuniga ko‘ra, donor mamlakatlar afg‘onistonliklar ehtiyoji uchun bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishni va'da qilgan. Bu BMT so‘ragan miqdordan qariyb ikki baravarga ko‘pdir.
Shuningdek, ma'lumot berilishicha, «Tolibon» harakati gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

17:10 / 04.03.2025