Muzlatish kamerasi yuqorida joylashgan muzlatkichlar afzalligi

Jamiyat 16:09 / 06.09.2021 27146

Asosiysidan boshlaymiz. Muzlatish kamerasi yuqorida joylashgan modellar birinchi navbatda go‘sht, baliq, sabzavot va mevalar kabi muzlatilgan mahsulotlardan tez-tez taom tayyorlovchi oilalarga mos keladi. Agar bunday oilada muzlatish kamerasi pastda joylashgan muzlatkich xarid qilinsa, kerakli mahsulotlarni olish uchun tez-tez egilishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ayniqsa yoshi katta insonlar uchun noqulay.

Muzlatish kamerasi yuqorida joylashgan muzlatkichlarning muhim afzalliklaridan biri – katta sig‘imlilik. LG liniyasida ularning sig‘imi o‘rtacha 500 dan 600 litrgacha bo‘ladi. Pastki qismda joylashgan muzxona kamerasida esa o‘rtacha sig‘im 320 dan 400 litrni tashkil etadi.

Hajm kabi afzalliklardan tashqari, ko‘plab LG modellarida Hygiene Fresh+ antibakterial filtr va invertor liniyali kompressor, shuningdek, Fresh O Zone soflikni saqlash zonasi o‘rnatilgan bo‘ladi. Nimalar haqida gap ketayotgani haqida navbatma-navbat to‘xtalib o‘tsak.

Hygiene Fresh+ Filtr

Bu 5-bosqichli filtrlash yordamida 99,9 foizgacha bakteriyalar va oziq-ovqatlarni zararlaydigan havodagi moddalarni yo‘q qiluvchi antibakterial filtrdir. Boshqacha aytganda, filtr muzlatkichdagi havoni tozalaydi va mahsulotlar yaroqlilik muddatini uzaytiradi.

Invertor liniyali kompressor

LG invertor liniyali kompressorlarining mukammal texnologiyasi tufayli muzlatkichda energiya iste'moli 32 foizga pasaygan, shovqin darajasi esa 25 foizga kamaygan. Kompressor mahsulotlar tez va bir maromda sovitilishini va ularni sofligini uzoqroq saqlashni ta'minlaydi.

Fresh O Zone

Shaffoflikni saqlash zonasi yoki nol haroratli zona – muzlatib qo‘yish shartisiz yangi go‘sht va dengiz mahsulotlarini ularni ishlatgunga qadar saqlashga yordam beradigan muzlatkichdagi maxsus bo‘linma.

Va eng asosiysi, ko‘plab modellarda Total No Frost tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, sizlarni muzlatkich eritish zaruriyatidan xalos etadi.

Ishonamizki, endi siz muzlatish kamerasi yuqorida joylashgan muzlatkichlarning asosiy afzalligi haqida bilib oldingiz va endi oshxonangizda qaysi muzlatkich turishi haqidagi qarorni qabul qilishingiz oson bo‘ladi.

Batafsil: lg.com/uz/refrigerators-with-top-freezer

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: