Eng kuchli Android smartfonlar reytingi e'lon qilindi

Fan-texnika 19:21 / 04.09.2021 50264

AnTuTu hisobotiga ko‘ra, Xiaomi Black Shark 4 Pro eng kuchli smartfon deb topildi.

O‘yin o‘ynashga mo‘ljallangan ushbu smartfon 864 ming ball bilan reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

Xiaomi Black Shark 4 Pro reytingdagi 16 gigabayt tezkor xotiraga ega yagona smartfon hisoblanadi.

Undan keyingi o‘rinlarda Iqoo 8 Pro (846 ming ball), RedMagic 6 Pro (823 ming ball) smartfonlari joylashdi.

Iqoo 8, OnePlus 9 Pro, Oppo Find X3 Pro, OnePlus 9, Realme GT va Xiaomi Mix 4 ham eng kuchli smartfonlar reytingidan joy oldi.

Yuqori o‘ntalikni 804 ming ball bilan Vivo X60 Pro+ yakunlagan.

Ko‘proq yangiliklar: