ITB ishtirokida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasi tuzildi

Iqtisodiyot 20:12 / 02.09.2021 16960

Jamg‘arma Islom taraqqiyot banki, O‘zbekiston hukumati va Saudiya Arabistonini o‘rtasida tashkil etilgan bo‘lib, boshlang‘ich kapitali 100 million dollarga teng.

Jamg‘arma tuzilishidan asosiy maqsad O‘zbekistondagi kichik va o‘rta korxonalar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va biznesini rivojlantirish uchun moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan yordam olishlari mumkin bo‘lgan qulay investitsiya platformani yaratish hisoblanadi.

Boshlang‘ich kapitali 100 million dollarga teng bo‘lgan jamg‘arma mablag‘larining 35 mln dollari O‘zbekiston hukumati, 20 mln dollari ITB va qolgan 45 million dollari saudiyalik investorlar tomonidan moliyalashtiriladi.

Sinov bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng boshlang‘ich fond miqdori asta-sekin 500 million dollarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Jamg‘arma O‘zbekistonda 102 mingdan ortiq to‘g‘ridan to‘g‘ri ish o‘rinlarini yaratishi va 34 mingdan ziyod kichik va o‘rta korxonalar hamda tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: