Samarqandda Registon majmuasi oldida «tomosha ko‘rsatgan» Lacetti va Nexia haydovchilariga chora ko‘rildi

Samarqand shahrida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzib, Registon majmuasi oldidagi ko‘chada tungi vaqtda fuqarolar tinchini buzib, drift qilgan haydovchilarga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining Registon maydoni oldidagi ko‘chada haydovchilar Lacetti va Nexia mashinalarini keskin boshqarib, drift qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan Samarqand viloyati IIB, YHXB, Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.
Surishtiruv davomida yo‘l harakatlarini qo‘pol tarzda buzgan mazkur transport vositalari haydovchilari topilgan. Haydovchilarning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Lacetti va Nexia mashinalari esa vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025