Britaniyada “myu” mutatsiya bilan 48ta yangi kasallanish holati aniqlandi

Jahon 23:32 / 01.09.2021 7231

Buyuk Britaniyada koronavirusning “myu” shtammi bilan kasallanishning 48 ta yangi holati aniqlandi, deb ma'lum qildi Britaniyaning The Mirror nashri.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, koronavirusning Mu yoki B.1.621 turi hozirda 39 mamlakatda aniqlangan.

Olimlarning taxmin qilishicha, koronavirusning bu turida COVID-19 vaksinalariga nisbatan chidamliroq bo‘lgan mutatsiyalar mavjud. Ammo buni aniqlash uchun ko‘proq tadqiqotlar kerak bo‘ladi.

JSSTda ta'kidlanishicha, ushbu tur birinchi bor aniqlangan Kolumbiyada uning tarqalishi hozirda 39 foizni, qo‘shni Ekvadorda 13 foizni tashkil qilmoqda.

Mu shtammi birinchi marta Kolumbiyada shu yil boshida aniqlangan edi.

Avvalroq JSST “myu” turini “qiziqish uyg‘otuvchi variant” sifatida o‘z monitoring ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar berilgan edi. Mutatsiya infeksiyaning aholi orasida yuqori darajada tarqalishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: