Olimlar SARS-CoV-2 koronavirusi har haftada mutatsiyaga uchrashini aniqladi

Jahon 15:16 / 30.08.2021 9005

COVID-19 kasalligini chaqiruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi har haftada mutatsiyaga uchraydi. Bu haqda Buyuk Britaniyadagi Bat va Edinburg universitetlari genetiklari o‘tkazgan tadqiqot xulosasida aytilmoqda.

Tadqiqot mualliflarining yozishicha, koronavirusni o‘rgangan ko‘pchilik yangi shtammlarning paydo bo‘lish tezligini baholashda ko‘plab mutatsiyalarni sezmagan. Ularning fikricha, ko‘pincha yuz bergan mutatsiya virusning o‘ziga zarar yetkazib, uning yashash imkoniyatini pasaytiruvchi «salbiy seleksiya» namunalari e'tibordan qochirilgan. Ta'kidlanishicha, aksariyat olimlar diqqatlarini yangi shtamm avvalgisidan kuchliroq imkoniyatga ega bo‘lgan ijobiy seleksiya namunalariga qaratgan.

Tadqiqotda agar inson SOVID-19 bilan bir necha haftadan ziyod og‘risa, virus uning organizmida mutatsiyaga uchrashi isbotlandi, dedi tadqiqot mualliflaridan biri professor Lorens Herst.

U koronavirusning alfa shtammi uzoq vaqt davolangan inson tanasida paydo bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ta'kidlanishicha, bu COVID-19ning og‘ir shakliga chalinganlar izolyatsiyada bo‘lishi zarurligini tasdiqlaydi.

Tadqiqot Bat universitetidagi Milner evolyutsiya markazi va Edinburg universitetidagi tibbiy tadqiqotlar kengashining inson irsiyati bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: