Dunyo bo‘yicha koronavirus pandemiyasi qurbonlari soni 4,5 milliondan oshdi

Jahon 16:28 / 30.08.2021 5344

Dunyo bo‘yicha COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 4,5 mln nafardan oshdi. Bu haqda Worldometers portali ma'lumot berdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 217,3 mln holat qayd etilgan, 4 mln 517 ming 906 kishi vafot etgan.

Xususan, AQShda 39,6 mln nafardan ortiq kishida koronavirus aniqlangan, 654 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Hindistonda pandemiya boshlanganidan buyon kasallanganlar soni 32,7 mln kishidan oshgan, 438 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Braziliyada 20,7 mln kishi infeksiya yuqtirgan, 580 ming kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: