AQSh razvedkasi koronavirusning kelib chiqishiga oid xulosalarini e'lon qildi

Jahon 14:23 / 28.08.2021 44879

AQSh milliy razvedkasi SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishini o‘rganishga oid hisobot xulosalarini e'lon qildi.

Xulosada aytilishicha, virus Xitoy tomonidan biologik qurol sifatida ishlab chiqilmagan va xitoylik amaldorlar koronavirusning dastlabki o‘choqlari paydo bo‘lmagunicha virus haqida ma'lumotga ega bo‘lmagan.

Bundan tashqari, razvedka tuzilmalarining aksariyati SARS-CoV2 koronavirusi gen muhandisligi yordamida yaratilmagan degan fikrga kelgan. 

Razvedka hamjamiyati koronavirusning kelib chiqishi borasida hali-hamon ikkita taxminni ilgari surmoqda: SARS-CoV2 virusining hayvondan odamga yuqishi va laboratoriyada yuqishi. 

Hisobotda virusning paydo bo‘lish vaqti haqida ham aytilgan.

«Razvedka SARS-CoV-2 virusi odamlarga birinchi marta 2019 yil noyabrda yuqqan deb hisoblaydi», — deyiladi hujjatda.

Ko‘proq yangiliklar: