Burama mixlar qanday ishlab chiqariladi - Mexmash zavodiga sayohat

Business class 09:00 / 27.08.2021 408521

Namangan shahrida joylashgan “Mexmash” MChJ yuqori sifatli shurup va samorezlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, nafaqat O‘zbekiston bozorini, balki yaqin xorij bozorlarini ham o‘z mahsulotlari bilan ta'minlab kelmoqda.

Korxonaning ta'minot bo‘yicha direktor o‘rinbosari Adhamjon Ahadovga ko‘ra, hozirgi kunda Mexmash zavodida oyiga 1700 tonna mahsulot ishlab chiqarilib, shuning 10 foizi, ya'ni 170 tonnasi eksportga yo‘naltiriladi.

“Maqsadimiz – 3-kvartaldan boshlab eksport hajmini 20 foizga olib chiqish”, – deydi Ahadov.

Mahsulot sifati korxona uchun asosiy tamoyil bo‘lib, buning uchun kompaniya Yevropa DIN standartiga muvofiq ishlab chiqilgan tashkilot standarti hamda ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi asosida to‘liq sifat nazoratini yo‘lga qo‘ygan.

Mahsulotlar umumiy sifat parametrlarini tekshirilishidan tashqari, qo‘llanish o‘rniga qarab amaliy sinovlardan ham o‘tkaziladi. Bundan maqsad – iste'molchilar uchun albatta sifatli mahsulot yetib borishini kafolatlashdir.

Ho‘sh, o‘rama mixlar qanday ishlab chiqariladi, ularning mustahkamligi va korroziyaga chidamliligi qanday ta'minlanadi – ko‘rsatuvimiz orqali bilib oling.

Hamkorlik istagini bildirgan tadbirkorlar quyidagi kanallar orqali menejyerlar bilan bog‘lanishlari mumkin:

Telefon: +998 78 2230917

Mobil: +998 90 2220440

Email: info@mexmash.uz

Telegram: t.me/mexmashofficial

Instagram: instagram.com/mexmashofficial

Sayt: www.mexmash.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: