Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Rossiyaga meva eksporti keskin kamaydi
Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning Rossiyaga meva eksporti 10 foizga kamaydi. Bunga asosiy sabab sifatida iqlim o‘zgarishi ko‘rsatilmoqda.
2021 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning Rossiya meva bozoridagi o‘rni qisqargan. 2021 yilning dastlabki olti oyi natijalariga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik meva yetkazib beruvchilari reytingida O‘zbekiston 14-o‘ringa tushib, yetkazib berish hajmi bo‘yicha 10 foiz, qiymat bo‘yicha esa 3 foiz pasayish kuzatilgan. Bu haqda East Fruit xabar bermoqda.
Pasayishning asosiy sababi 2021 yilda O‘zbekistonga ta'sir ko‘rsatgan iqlim o‘zgarishidir. 2021 yil fevral oyida havoning keskin isishi mevali daraxtlar juda erta uyg‘onishiga sabab bo‘lgan, so‘ngra sovuqning ikki to‘lqini kuzatildi. Bahorgi ayoz yetkazgan zarar natijasida O‘zbekistonda o‘rik hosili eng ko‘p zarar ko‘rgan va uning Rossiyaga eksporti qariyb yetti barobar kamaygan. Shaftoli va nektarin eksporti 41 foiz (iyun oxiri holatiga ko‘ra)ga, mayiz eksporti 16 foizga, limon eksporti 28 foizga hamda olxo‘ri eksporti deyarli ikki baravar qisqargan. Shuningdek, eksport tarkibida sarxil olma 44 foiz, uzum 68 foiz, yong‘oq 66 foiz va qovun 9 barobar kamaygani qayd etilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston tarvuz va gilos eksportini keskin oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Rossiyaga gilos eksporti 2,6 barobar, tarvuz eksporti esa 4,2 barobar oshgan. Shu bilan bir qatorda, respublika ushbu mevalar eksportni oshirish uchun ularning narxini pasaytirishiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, tarvuzning eksport narxi 2020 yilga nisbatan birdaniga 62 foizga tushgan.
Umuman olganda, 2021 yilning birinchi yarmida Rossiya meva importini 3,2 foizga oshirdi. Yetkazib berish bo‘yicha Ekvador yetakchi bo‘lib qoldi. Turkiya, Misr va Janubiy Afrika o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi – bu davlatlarning har biri eksportni 10-17 foizga oshirdi. Serbiya barqaror eksport hajmi bilan beshinchi o‘rinda qoldi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
-
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
-
Ekologik xavflilik toifalari 3 toifaga qisqartirildi
O‘zbekiston | 14:47