Koronavirus: Kunlik holatlar pasayishi davom etmoqda

O‘zbekiston 10:44 / 24.08.2021 25091

«2021 yil 23 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 150683 (+807) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 85 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 35 nafari Andijon viloyatida,
  • 22 nafari Buxoro viloyatida,
  • 39 nafari Jizzax viloyatida,
  • 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 26 nafari Namangan viloyatida,
  • 88 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 26 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 85 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 29 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 228 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bu O‘zbekistonda 27 iyul kunidan beri (+789) qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. Bir kun oldin 818ta yangi holat qayd etilgandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 78 nafar,
  • Buxoro viloyatida 33 nafar,
  • Jizzax viloyatida 47 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
  • Navoiy viloyatida 36 nafar,
  • Namangan viloyatida 73 nafar
  • Samarqand viloyatida 65 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 52 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 88 nafar,
  • Xorazm viloyatida 36 nafar,
  • Toshkent viloyatida 97 nafar,
  • Toshkent shahrida 139 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 143395 (+763) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda aktiv keyslar (shifoxonalarda davolanayotganlar) 6 mingdan yuqori darajada qolmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 7 nafari vafot etib, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistikada koronavirus tufayli qayd etilgan o‘limlar soni 1035tani tashkil qildi.

23 avgust kuni 321 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 21434 nafarga yetdi. Kecha ularning 332 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 14003 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 148 nafarga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: