Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
USAID qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 million dollar ajratadi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev AQSh elchixonasining muvaqqat ishlari vakili Pol Politis va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
2020 yilning iyul oyida o‘z faoliyatini boshlagan USAID’ning Agrobiznesni rivojlantirish dasturi — maqsadli qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha qiymat qo‘shishning yangi texnologiyalari va boshqaruv amaliyotini joriy etish orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida xususiy sektor ulushining o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan besh yillik loyihadir.
«AQSh hukumatining qishloq xo‘jaligiga texnik yordam ko‘rsatish, agrooziq-ovqat tizimlarining ishlab chiqarish va sotish zanjirlari salohiyatini rivojlantirish borasidagi ko‘magini juda qadrlaymiz. Biz qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvining zamonaviy tizimini va qulay agrobiznes muhitini yaratishga harakat qilyapmiz. Shu nuqtayi nazardan, USAID’ning agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha 18,9 million dollarga baholangan yangi loyihasi birgalikdagi tashabbuslarimizni kuchaytirish hamda avvalgi «Qishloq xo‘jaligidagi qo‘shilgan qiymat zanjiri» loyihasi yutuqlarini kengaytirish uchun qulay imkoniyatga aylanadi», — deya ta'kidladi Jamshid Xo‘jayev.
Tadbir davomida USAID O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 million AQSh dollari ajratishini ma'lum qildi.
Uchrashuvda, shuningdek, tomonlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi
Jahon | 21:01
-
AQSh Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi
Jahon | 20:57
-
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
-
Suriyada badaviylar va druzlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 20:21
Mavzuga oid

20:58 / 08.07.2025
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi

15:35 / 02.07.2025
AQSh USAID dasturlarini rasman yopdi

16:36 / 01.07.2025
USAID dasturlarini keskin qisqartirish 14 million odamning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin

22:17 / 08.05.2025