«Tolibon» Panjsher qurshab olinganini ma'lum qildi
Avvalroq toliblar Panjsherdagi qarshilik kuchlariga viloyatni topshirish va taslim bo‘lish uchun 4 soat vaqt bergandi.

«Tolibon» harakati Panjsher viloyatini qurshab oldi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.
«Kuchlar Badaxshon, Tohar va Andarab viloyatlari tarafdan Panjsher yaqinidagi pozitsiyalarni egalladi. Dushman qamalda. Masalani muzokaralar orqali tinch yo‘l bilan hal etishga urinyapmiz», — deb yozdi u Twitter’da.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Panjsher chegarasidagi Salang tunneli va avtotrassa ochiq. Mujohidning ta'kidlashicha, toliblar avvalroq qarshilik kuchlari egallab olgan Bag‘lon viloyatidagi tumanlarni to‘liq tozalagan.
Avvalroq toliblar Panjsherdagi qarshilik kuchlariga viloyatni topshirish va taslim bo‘lish uchun 4 soat vaqt bergandi. Viloyatdagi qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Mas'ud Panjsher viloyati «Tolibon»ga topshirilmasligini aytdi.
Mavzuga oid

20:52 / 14.03.2025
Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali qurilishi USAID tomonidan moliyalashtirilgan – OAV

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025