O‘zbekiston yo‘llarida – elektromobillar! Kelajak mashinalari bilan tanishuv

Business class 14:52 / 20.08.2021 432162

2018 yilda 13ta. 2019 yilda 39ta, 2020 yilda 131ta. 2021 yilning birinchi yarmida esa 268ta. Bu – O‘zbekistonga olib kirilgan elektromobillarning soniga oid raqamlar.

Bu raqamlar bir qarashda kamgina bo‘lib ko‘rinsa-da, ular yildan yilga karrasiga ko‘payib borayotganini ko‘rish mumkin.

Elektromobil deganda ko‘pchiligimiz elektr energiyasidan olingan zaryad yordamida harakatlanadigan mashinani tushunamiz xolos. Ya'ni elektromobillar haqidagi tasavvurlarimiz asosan shu va yana ayrim ma'lumotlar bilangina cheklanib qolgan.

Kun.uz “Business Class” ruknida elektromobillar haqida hamma ham bilavermaydigan, ammo elementar ma'lumotlarni taqdim etishga qaror qildi.

Ko‘rsatuvda tokda yuruvchi avtomobillarning afzalliklari va kamchiliklari, O‘zbekistondagi narxlari, ularni zaryadlash va ehtiyot qismlariga oid masalalarga to‘xtalib o‘tiladi.

Bobur Akmalov tayyorladi.
Tasvirchilar – Mahmud Soliyev, Otaxon Yusupov.
Montaj ustasi – Mahmud Soliyev

Elektromobillar haqidagi boshqa maqolalar:

Ko‘proq yangiliklar: