Hamid Karzay muzokaralar o‘tkazish uchun toliblarga taslim bo‘lmagan Panjsherga keldi
Avvalroq toliblarga qarshi koalitsiya sobiq rahbari Ahmadshoh Mas'udning o‘g‘li Ahmad Mas'ud Panjsherni toliblardan himoya qilish uchun qurolli otryad to‘plaganini aytgandi.

Milliy yarashuv oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla va Afg‘oniston sobiq prezidenti (2004-2014 y.) Hamid Karzay muzokaralar o‘tkazish uchun toliblarga taslim bo‘lmagan Panjsher viloyatiga keldi.
"Biz Panjsher viloyati ulamolari, oqsoqollari va komandirlari bilan suhbatlashdik", - deb yozdi Abdulla.
Muzokaralar tafsiloti ma'lum qilinmagan.
Panjsherga borishdan oldin ular "Tolibon" rahbariyati vakillari bilan uchrashgan.
Avvalroq toliblarga qarshi koalitsiya sobiq rahbari Ahmadshoh Mas'udning o‘g‘li Ahmad Mas'ud Panjsherni toliblardan himoya qilish uchun qurolli otryad to‘plaganini aytgandi.
Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan so‘ng o‘zini prezident deb e'lon qilgan sobiq birinchi vitse-prezident Amrulla Solih ham Mas'udga qo‘shilgani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid

20:52 / 14.03.2025
Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali qurilishi USAID tomonidan moliyalashtirilgan – OAV

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025