Erdo‘g‘an Turkiya “Tolibon” bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi

Foto: AP
Turkiya afg‘on xalqi uchun tinchlikni saqlab qolish maqsadida toliblar bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytdi.
“Hokimiyatda kim bo‘lishiga qaramasdan, Afg‘onistonni yaxshi va yomon kunlarida qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbari toliblar yetakchilari bilan uchrashishga tayyorligini tasdiqladi.
“Biz, shuningdek, “Tolibon” yetakchilarining bosiq bayonotlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz afg‘on xalqi uchun tinchlikni saqlash, Afg‘onistonda yashovchi turk fuqarolarining xotirjamligini ta'minlash va davlatimiz manfaatlarini himoyalash uchun toliblar bilan hamkorlikning har qanday ko‘rinishiga tayyormiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an.
U Turkiya harbiylarining Afg‘onistonda bo‘lishi ushbu mamlakat “yangi ma'muriyati”ning xalqaro maydondagi pozitsiyalarini mustahkamlashini va uning ishini yengillashtirishini aytgan.
Erdo‘g‘an Turkiya Afg‘onistondan 552 fuqarosini evakuatsiya qilganini qo‘shimcha qilgan. Turkiya yetakchisining ta'kidlashicha, u hafta oxirigacha Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi.
Iyulda Erdo‘g‘an Turkiya Kobul aeroportini nazorat qilishni o‘z zimmasiga olishi mumkinligini aytgandi. O‘shanda u Afg‘oniston va mintaqada “yangi davr boshlanayotganini” ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid

13:48 / 10.03.2025
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

16:59 / 06.03.2025