Abdulaziz Komilov Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17 avgust kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Turkiya hamkorligining turli masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy siyosatning ayrim jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Abdulaziz Komilov turkiyalik hamkasbiga Turkiyada yaqinda yuz bergan tabiiy ofatlar va ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Mavzuga oid

16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi

19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»

15:50 / 20.01.2024