Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Auksionsiz sotilgan yuzlab yer uchastkalari va boshqa huquqlar sabab davlat budjeti trillionlarsiz qolmoqda» - Otabek Bakirov
Iqtisodchi oxirgi kunlarda auksion savdolarida boshlang‘ich narxidan bir necha barobar qimmatroqqa sotilgan davlat mulklariga e'tibor qaratib, ochiq auksionlarni doimo qo‘llab-quvvatlash kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov «E-auksion» elektron savdo platformasida sotilgan davlat obektlari bo‘yicha o‘z Telegram-kanalida fikr bildirdi.
«Ikki kun avval 2ta metan zapravka qariyb ikki barobar qimmatroqqa sotilganida e'tibordan chetda qolgan edi (1-mulk, 2-mulk).
Bugun esa Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan boshlang‘ich narxi 9,6 mlrd so‘mlik metan zapravka va servis markazi 23,2 mlrd so‘mga yoki 2,4 baravar qimmatroqqa sotilgan. 6 nafar ishtirokchi qariyb bir soat sotib olish uchun harakat qilgan.
Boysun tumanidagi boshlang‘ich narxi 6,4 mlrd so‘mlik metan zapravka uchun savdoda uch nafar ishtirokchi qatnashib, murosasiz o‘tgan auksion «XOJI-BARAKA» MChJning 14,5 mlrd so‘mlik narx taklifi bilan yakunlandi.
Radar o‘rnatish joyi savdosi to‘g‘risida yozganimdan keyin, ko‘pchilik «qimmat sotildi» degan fikrni aytishdi. Lekin oshkora o‘tkaziladigan savdolarda shunday bo‘ladi. Mulk 10 mlrd.ga arziydimi, 10 mlrd so‘mga ketadi. 30 mlrd so‘mlikmi 30 mlrd so‘mga sotiladi. Tadbirkor hisob-kitobini olib auksionda narx ko‘taradi. Ochiq auksionda qimmat yoki arzon narx degan narsa yo‘q, faqat bozor narxi bor — bu baraka narxi.
Shuning uchun biz doim ochiq auksionni qo‘llab-quvvatlaymiz. Auksionsiz sotilgan yuzlab yer uchastkalari va boshqa huquqlar sabab davlat budjeti trillionlarsiz qolmoqda. O‘rni kelganda har safar buni eslatishda davom etamiz», deya ta'kidlagan iqtisodchi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

16:39 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?

13:30 / 05.07.2025
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat

14:22 / 17.04.2025
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Otabek Bakirov ustidan IIBBga shikoyat kiritdi

22:40 / 08.04.2025