AQShdan taqdim etilgan insonparvarlik yordamining ikkinchi qismi O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston 13:55 / 16.08.2021 10311

Beg‘araz yordamning ikkinchi jo‘natmasi tarkibiga 31,2 ming dona №95, 4 ming dona KN95 va 102 ming dona uch qatlamli ASTMF2100 Level 1 markali, jami 137,2 ming dona tibbiy niqoblar kiritilgan

Ushbu fond taqdim etgan yordam doirasida O‘zbekistonga jami 271,2 ming dona tibbiy niqob keltirildi.

Yuk koronavirus yangi to‘lqinlari va mutatsiyalariga qarshi kurashish doirasida O‘zbekiston tibbiyot muassasalarining tibbiy ta'minot zaxiralarini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida jo‘natildi.

Yukning ikkinchi qismini Nyu-Yorkdan Toshkentga yetkazib berish «UMT GlobalLogistics LLC» yuk tashish kompaniyasi direktori Akmal Jumaboyevning moliyaviy ko‘magida amalga oshirildi.

Bildirilishicha, beg‘araz yordam yuki O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va Isroildagi elchixonasi diplomatlari ko‘magida shakllantirildi va jo‘natildi.

O‘zbekistonga taqdim etilgan tibbiyot niqoblarini respublikaning tegishli tibbiyot muassasalariga yetkazib berish ta'minlanadi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: