Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya MDH davlatlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini oshiradi
Mamlakat prezidenti Vladimir Putin shunday topshiriq berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqarorlashtirish choralari fonida MDH davlatlaridan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rish haqida topshiriq berdi, deb yozmoqda «Kommersant'».
Bu haqda hisobot 2021 yil 1 sentyabrga qadar va kelgusida har chorakda tayyorlanishi kerak, bu hukumat a'zolari bilan uchrashuvdan keyin prezidentning ko‘rsatmalari ro‘yxatida belgilab qo‘yilgan. Mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin ushbu jarayonga mas'ul etib tayinlandi.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti Monopoliyaga qarshi federal xizmatga savdo tarmoqlari orqali sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari shakllanishini kuzatib borish to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu boradagi hisobot ham 1 sentyabrgacha tayyorlanishi kerak.
Iyun oyi oxirida Vladimir Putin nega Rossiyada sabzi Ekvador bananidan qimmatroq sotilmoqda degan savolga javob berar ekan, mamlakatda «o‘z mahsuloti yetishmayotgani»ni aytgandi. Unga ko‘ra, kartoshka, karam va piyozni o‘z ichiga olgan borshch taomi to‘plamidagi barcha sabzavotlar narxi oshgan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston eksporti yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan eksport 12,3 foizga o‘sib, 7 mlrd dollarga yetdi.
Eksport tarkibida sanoat tovarlari (28,8 foiz), oltin (19,7 foiz) va xizmatlar (16,1 foiz) asosiy ulushga ega.
Joriy yilning yanvar-may oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 4 885tani tashkil etib, (2020 yilning mos davriga nisbatan) 36,4 foizga ko‘paydi. Ular tomonidan 5,6 mlrd dollar qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta'minlandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

07:55 / 10.07.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

10:27 / 09.07.2025
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

12:36 / 08.07.2025
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

12:34 / 08.07.2025