korzinka.uz supermarketlar tarmog‘idan mijozlar uchun ajoyib yangilik: endilikda korzinkaGO mobil ilovasi orqali siz kassada kontaksiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga egasiz.
O‘zbekistonda ilk bor korzinka.uz UZCARD va HUMO kartalarini mobil ilovaga qo‘shish orqali xaridorlar uchun xavfsiz va oson savdo qilishni yo‘lga qo‘ydi.
Qanday qilib, deysizmi? Hoziroq korzinka.uz maxsus ilovasi bo‘lgan korzinkaGO'ni mobil telefoningizga yuklab oling va yaqin atrofdagi supermarket tarmog‘iga borib, buni amalda tekshirib ko‘ring!
Ilovadagi yagona QR-kod bank kartalari bilan to‘lovni amalga oshirish hamda korzinka.uz kartasi orqali bonuslarni hisoblash-yechib olish imkonini beradi.
Agarda sizning mobil qurilmangizda korzinkaGO ilovasi allaqachon mavjud bo‘lsa, u holda yangi qulayliklardan foydalanish uchun uni oxirgi talqinigacha yangilab olish (update) kerak bo‘ladi.
Mablag‘ va yig‘ilgan bonuslaringiz xavfsizligi mukammal dinamik QR-kod bilan himoya qilinadi.
Endilikda ro‘zg‘or uchun kerakli mahsulotlarni xarid qilib, kassa yoniga yaqinlashganda, hamyondan to‘lov kartalarini izlashga hojat qolmaydi. Shunchaki telefon bilan o‘zingiz QR-kod orqali to‘lovni bajarasiz, tamom!
Bu hali hammasi emas, korzinkaGO ilovasida, shuningdek, quyidagi imkoniyatlar ham mavjud:
- virtual korzinka.uz kartasini (jismoniy korzinka.uz kartasi muqobili) bir zumda ochish va bu uchun hisobingizga 5000 salom-bonus olish;
- xarid summasidan 3%gacha bonuslar yig‘ib borish;
- o‘zingizga eng yaqin korzinka.uz supermarketi manzilini aniqlash hamda barcha do‘konlar joylashgan nuqtalardan istalgan biri tomon qulay harakatlanish.
Fursatni boy bermang, foydali ilovani yuklab oling va siz ham yuz mingga yaqin mijozlar kabi xarid jarayoni qulayligini his eting!
korzinkaGO – to‘lovlar yanada qulay!
korzinka.uz'dan ko‘proq jozibali takliflar:
korzinka.uz Telegram'da: t.me/korzinka_uzbek
korzinka.uz Instagram'da: @korzinkauz
korzinka.uz Facebook'da: fb.com/korzinkauz
Sayt: korzinka.uz
Bog‘lanish uchun telefon raqami: +99878 1401414
Reklama huquqi asosida