Koronavirus: Kunlik holatlar soni 1000ga yaqinlashdi

O‘zbekiston 10:05 / 06.08.2021 17649

«2021 yil 5 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 134826 (+974) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Bu pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan avvalgi antirekord bir kun oldin qayd etilgan - 5 avgust kuni 951ta yangi holat haqida e'lon qilingandi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 103 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 19 nafari Buxoro viloyatida,
  • 110 nafari Jizzax viloyatida,
  • 35 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 21 nafari Navoiy viloyatida,
  • 40 nafari Namangan viloyatida,
  • 102 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 105 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 96 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 40 nafari Xorazm viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent viloyatida,
  • 125 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 128 nafar,
  • Buxoro viloyatida 22 nafar,
  • Jizzax viloyatida 124 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 36 nafar,
  • Navoiy viloyatida 30 nafar,
  • Namangan viloyatida 20 nafar,
  • Samarqand viloyatida 70 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 98 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 82 nafar,
  • Xorazm viloyatida 73 nafar,
  • Toshkent viloyatida 87 nafar,
  • Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 128191 (+882) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 6 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 916tani tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 5 avgust kuni 547 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 13531taga yetdi. So‘nggi bir kunda bemorlarning 551 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 6046 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 90 nafarga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: