Toshkentda tez yordam avtomobili va «Nexia» ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi

O‘zbekiston 07:57 / 05.08.2021 8771

IIV YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan B.Sh. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobil hamda haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.R. boshqaruvidagi "Ford" rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, "Ford" rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: