Toshkent shahridagi «Mahalla kutubxonasi» mavjud mahallalarda «kutubxonachi» shtat birligi joriy etilishi mumkin

O‘zbekiston 09:06 / 05.08.2021 2807

«Toshkent shahri mahallalarida kutubxonalar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligiga balansida «Mahalla kutubxona»si mavjud bo‘lgan mahallalarni kamida 600 (olti yuz) dona adabiyot, aholiga keng qamrovli axborot berish salohiyatiga ega gazeta, jurnallar bilan ta'minlash hamda mazkur kutubxonalarda 1 ta kutubxonachi shtatini saqlash choralarini ko‘rish;

Uch oy muddatda Toshkent shahri mahallalari hududida hamda mahalla fuqarolar yig‘ini guzarlarida tashkil etilgan kutubxonalarni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi orgtexnika, mebel, shu jumladan, maxsus mebel, shuningdek, tegishli kutubxona uskunalari bilan jihozlash, bunda imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus kompyuter jihozlari va boshqa qo‘shimcha vositalar bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratish;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Mahalla kutubxonalarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanishini va Wi-Fi zonalar tashkil etish vazifasi yuklanadi.

Xarajatlar tuman mahalliy budjeti, homiylar va qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 Kutubxonalar 2021 yil 1 oktabr kuniga qadar kutubxonalarni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi bazasi bilan integratsiya qilinadi.

Eksperiment natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrining barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida  kutubxonalar tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: