Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining vazifalari belgilandi

O‘zbekiston 08:20 / 05.08.2021 2149

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2020 yildagi 744-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.

2021 yil 1 iyuldan boshlab quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

  • xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek joriy xarajatlarini O‘zbekiston Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash;
  • ilmiy va rahbar xodimlar ish haqini fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga hamda boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining ish haqini Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining boshqaruv va yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga tenglashtirish;
  • ilmiy xodimlari mehnatiga haq to‘lashni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish.

Markazga mahalliy iqtidorli mutaxassislar va kadrlarni o‘rganib, ularni jalb etish, Xorazm viloyati suv xo‘jaligini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish, 2021–2026 yillarda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish yuklatildi. Shuningdek suv resurslarni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini amaliyotga keng joriy qilish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa va o‘rta muddatli dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: