Saudiya Arabistonidan yangi muntazam reys yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston 13:25 / 05.08.2021 16251

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyoddan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi. 5 avgust kuni ilk reys kutib olindi.

Ma'lum bo‘lishicha, Ar Riyod – Toshkent – Ar Riyod yo‘nalishidagi bu reysni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar uzoq davom etgan. Muntazam qatnovlar bo‘yicha Saudiyaning «Flynas» aviakompaniyasi bilan kelishuvga erishilgan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Saudiyadan kelgan reys tantanali kutib olindi. Ma'lumot uchun, «Flynas» Saudiya Arabistonidagi yirik loukoster hisoblanadi. Bu qo‘shimcha reys yo‘nalishga bo‘lgan yuqori talabni qondirishi hamda ziyorat turizmi salohiyatini oshirishga xizmat qilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: