Qashqadaryoda 7 oyda litsenziyasiz avtotransportda 2 mingdan ziyod yo‘lovchi tashigan shaxsga chora ko‘rilgani ma'lum qilindi

O‘zbekiston 08:38 / 05.08.2021 1019

Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 7 oyi mobaynida litsenziyasiz avtootransportda qariyb 2917 nafar yo‘lovchini tashigan shaxsga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarma inspektorlari tomonidan YPX xodimlari bilan hamkorlikda 1000 dan ziyod reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Reyd tadbirlari davomida, litsenziya olmasdan, noqonuniy tarzda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan 2917 nafar huquqbuzar aniqlangan.

Qayd etilishicha, aniqlangan har bir holat bo‘yicha hujjatlar to‘planib, sud instansiyalariga chiqarilgan va 2 829 nafar shaxsga sud tartibida chora ko‘rilgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, o‘tgan davrda 1 590 nafar transport vositasi egasi o‘z xatti-harakati noqonuniy ekanini anglab, litsenziya varaqasi olgan holda yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsata boshlagan. 1000 dan ortiq huquqbuzarga esa sud tartibida jarima tayinlanib, hozirga qadar 1 milliard 567 million so‘m undirilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan, 2022 yil 31 dekabrgacha muddatga eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berildi. Shu qaror asosida endi jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: