Marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi

Jahon 09:29 / 05.08.2021 37361

Afg‘oniston o‘zbeklar jamiyati yetakchisi, marshal Abdul-Rashid Do‘stum Turkiyada uzoq vaqt davolanib, mamlakatga qaytdi. Bu haqda TOLOnews xabar bermoqda.

Do‘stum iyun oyining ikkinchi yarmida Afg‘onistonni tark etgandi. Ba'zi ommaviy axborot vositalarini uning mamlakatdan chiqib ketgani hayron qoldirdi, sababi shu vaqtda turli viloyatlarda, shu jumladan o‘zbeklar yashaydigan shimoliy viloyatlarda «Tolibon» harakatining keng ko‘lamli hujumi boshlandi. 

Shu bilan birga, marshalning rasmiy vakillariga tayanib xabar berilishicha, Do‘stum rasmiy tashrif bilan Turkiyaga borgan va rejali davolanishda bo‘lgan - unda qandli diabet bilan jiddiy muammolari borligi aytilgan.

1990-yillarda Do‘stum toliblarga qarshi kurashda nisbatan muvaffaqiyatli natijalarga erishgan o‘z armiyasini boshqargan. AQSh armiyasi 2001 yilda Afg‘onistonga kirganida aynan unga yordam ko‘rsatgan. 

O‘tgan yilning sentyabr oyida Do‘stum O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasi yalpi majlisidagi nutqidan keyin «O‘zbek tilim, millatim, faxrim» deb nomlangan maqolasini e'lon qildi.

Marshal O‘zbekiston prezidentining nutqini «tarixiy voqea» deb atadi va Afg‘oniston mojarosini hal qilishda O‘zbekistonning ishtiroki «ijobiy natijalar berishiga» ishonch bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: