Yaponiyada rekord darajada kunlik kasallanish qayd etildi

Jahon 21:51 / 04.08.2021 5950

Kunchiqar mamlakatda bir kunda 14207ta kasallanish holati aniqlangan. Avvalgi antirekord 31 iyulda qayd etilgan va bir sutkada 12337 kishida virus aniqlangan.

Hozirda Olimpiada o‘tayotgan Tokioda ham antirekord qayd etildi. Yaponiya poytaxtida oxirgi sutkada 4166ta kasallanish holati aniqlandi. 31 iyulda Tokioda ham rekord darajada kunlik kasallanish qayd etilgan.

Epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli Tokioda 31 avgustgacha favqulodda vaziyat rejimi amal qilmoqda. Shuningdek, Saytama, Tiba, Kanagava va Osaka prefekturalarida ham koronavirusga qarshi cheklovlar kuchaytirilgan.

Bir kun avval Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi xorijdan kelgandan keyin karantinga amal qilmagan fuqarolar ismini oshkora e'lon qilgan. O‘rnatilgan tartib-qoidalarga ko‘ra, bunday karantin 2 hafta davom etishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: