Toliblar Lashkargoh shahri politsiyasi qarorgohini egallab olishga urinmoqda – OAV

Jahon 15:02 / 04.08.2021 10734

“Tolibon” harakati jangarilari Hilmand viloyati ma'muriy markazi bo‘lmish Lashkargoh shahridagi politsiya qarorgohiga hujum boshladi. Bu haqda Ariana News telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, politsiya qo‘mondonligi qamalga tushib qolgan. Politsiya boshlig‘i yaralangan.

Lashkargoh shahrida uch kundan buyon davom etayotgan janglar oqibatida 40 nafarga yaqin tinch aholi qurbon bo‘lgan va 150 nafardan ortig‘i jarohatlangan.

Dushanba kuni toliblar shahardagi davlat teleradiomarkazi binosini egallagandi.

Afg‘oniston armiyasi 215-korpusi generali Sami Sadat shahar aholisini “armiya toliblarga qarshi yirik operatsiya o‘tkazishni rejalashtirgani sababli uylarini tark etishga” chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: