O‘zbekistonda tekshiruvlar ro‘yxati kengaytirildi

O‘zbekiston 08:35 / 04.08.2021 12110

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi PF-6263-son farmon imzolandi.

Hujjat bilan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga (27.07.2018 yildagi PF-5490-son farmon bilan tasdiqlangan) quyidagilar kiritildi:

4-1-pozitsiya: yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish. Bunda Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi nazorat qiluvchi organ hisoblanadi, tekshiruv muddati 3 kundan oshmaydi;

17-1-pozitsiya: suv ta'minoti va suv chiqarish tizimlariga noqonuniy ulanish, hisoblash moslamalariga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblash moslamalari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlarini, shuningdek ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasida xizmat ko‘rsatish qoidalariga amal qilinishi holatlarini tekshirish. Nazorat qiluvchi organ – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. Tekshiruv muddati – 1 kun.

4-1- va 17-1-pozitsiyalar 2021 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: