O‘zbekistonda axborot va kiberxavfsizlik yuqori darajada ta'minlangan tashkilotlar o‘nligi e'lon qilindi

O‘zbekiston 20:14 / 04.08.2021 12040

Ma'lum qilinishicha, baholash reytingi “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslangan.

Markaz reytingining eng yuqori pog‘onasidan 96,9 ball bilan Markaziy bank joy olgan. Keyingi o‘rinni Adliya vazirligi band etgan.

O‘zbekistonning asosiy eksport tovari – oltin qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Navoiy kon metallurgiya kombinati axborot va kiberxavfsizlikning ta'minlanganligi bo‘yicha kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Kuchli o‘ntalikka, shuningdek bojxona va statistika qo‘mitalari, Namangan va Farg‘ona viloyati hokimliklari ham kiritilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: