O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida hukumatlararo hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston 13:04 / 04.08.2021 5916

O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida korrupsiya, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum imzoladi.

Ko‘proq yangiliklar: