Namangan shahrida shifokor kaltaklandi, IIB munosabat bildirdi

O‘zbekiston 17:01 / 04.08.2021 18162

2021 yil 28 iyul kuni Namangan shahar "Yangiqurilish" MFYda joylashgan 10-sonli oila poliklinikasida shifokor bo‘lib ishlovchi, 1994 yilda tug‘ilgan N.K.ning oldiga Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan B.N. va akasi, 1996 yilda tug‘ilgan G.N. farzandining sog‘lig‘i yaxshi emasligi va tana harorati ko‘tarilib ketganligidan shikoyat qilib, tibbiy yordam so‘rab kelgan. 

Shifokor N.K. tibbiy ko‘rik o‘tkazib tana harorati ko‘tarilmaganini aytganida, fuqaro, 1999 yilda tug‘ilgan B.N. noto‘g‘ri tashxis qo‘yildi deb janjal ko‘tarib, shifokorni urgan.

Shifokorning olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, 2021 yil 4 avgust kungi xulosaga ko‘ra shifokorga sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Ko‘proq yangiliklar: