Imtihon topshirish hududlari atrofida transport harakati cheklanadigan ko‘chalar haqida ma'lumot berildi

O‘zbekiston 12:35 / 04.08.2021 18100

IIV YHXB xabariga ko‘ra, hududlarda imtihon o‘tkaziladigan joylarga kelish va ketishda yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida, ma'lum ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi. 

Bular:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi "Turon" o‘yingohi atrofi

Nukus shahri, Hurliman qiz baxshi ko‘chasi 

Nukus shahrida "Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi" tennis korti atrofi

Nukus shahri, Allayor Do‘stnazarov ko‘chasi

Xorazm viloyati, Urganch shahrida "Xorazm" sport majmuasi atrofi

Urganch shahar, Pahlavon Mahmud ko‘chasi

Urganch shahrida "Yoshlik" sport majmuasi atrofi

Urganch shahar, Yoshlik ko‘chasi

Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohi atrofi

Termiz shahar, Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari

Denov tumanidagi "Tadbirkorlik va pedagogika universiteti" o‘yingohi atrofi

Denov tumani, Sharof Rashidov ko‘chasi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi "Nasaf" futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni atrofi 

Qarshi shahar, Mustaqillik va Alisher Navoiy ko‘chalari

Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi "Buxoro" sport majmuasi atrofi

I.Mo‘minov ko‘chasining Hamza ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Navoiy shoh bilan kesishgan qismigacha, Hamza ko‘chasining Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi bilan kesishgan qismidan I.Mo‘minov ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha
 

Buxoro shahridagi "Umid" futbol o‘yingohi atrofi

M.Iqbol ko‘chasining I.Karimov ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Zulfiya ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha

Buxoro shahridagi "Dilkusho" tennis stadioni atrofi

I.Karimov ko‘chasining Vobkent ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Ibn
Sino ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha

Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohi atrofi

Navoiy shahar, Me'morlar ko‘chasi qisman, ya'ni bir tomonlama

Navoiy shahridagi "So‘g‘diyona" o‘yingohi atrofi

Navoiy shahar, Zarapetyan ko‘chasi to‘liq

Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi "Lokomotiv" futbol o‘yingohi atrofi

Samarqand shahar, Islohot ko‘chasi

Samarqand shahridagi "2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi" o‘yingohi atrofi

Samarqand shahar, Turkiston ko‘chasi

Samarqand shahridagi "Nurafshon" futbol o‘yingohi atrofi

Samarqand shahar, Umid ko‘chasi

Samarqand tumanidagi "Bolalar va o‘smirlar sport maktabi" o‘yingohi atrofi

Samarqand tumani, Rustam MFY, Rustam qishlog‘i

Jomboy tumanidagi "Bolalar va o‘smirlar sport maktabi" o‘yingohi atrofi

4K512 “O‘rtabo‘z q.-Jomboy q.-Galakapa q.” avtomobil yo‘lining 1-2 kilometrlari oralig‘ida yo‘lni bir tomonida

Jizzax viloyati, Jizzah shahridagi "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi atrofi

Jizzax shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi

Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi "Guliston" markaziy o‘yingohi atrofi

 
Guliston shahar, Alisher Navoiy, Sayhun, Jambul, Navbahor, Bo‘ston, Gulshan, Tinchlik ko‘chalari
 

Namangan viloyati, Namangan shahridagi "Navbahor-Umid" o‘yingohi atrofi

Islom Karimov va Ququmboy shoh ko‘chadan olib kiruvchi yo‘l

Namangan shahridagi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi "Dinamo" o‘yingohi atrofi

Namangan shahar, G‘irvonsoy ko‘chasi

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Yoshlik" o‘yingohi atrofi

To‘raqo‘rg‘on tumani, Istiqlol ko‘chasi

Andijon viloyati, Andijon shahridagi "Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi"ning asosiy o‘yingohi atrofi

Andijon shahar, Lermontov, Mashrab va Sariq uy ko‘chalari

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi Farg‘ona davlat universitetining o‘yingohi atrofi

Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy, Murabbiylar va Bobur ko‘chalari

Farg‘ona shahridagi "Neftchi" o‘yingohi atrofi

Farg‘ona shahar, Marg‘ilon ko‘chasi

Marg‘ilon shahridagi "2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi" o‘yingohi atrofi

Marg‘ilon shahridagi "2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi"ga olib kiruvchi ko‘chalar

So‘x tumanidagi "1-sonli maktab" o‘yingohi atrofi

So‘x tumanidagi "1-sonli maktab"ga olib kiruvchi ichki ko‘chalar

Barcha haydovchilardan imtihon kunlari harakatlanish cheklangan ko‘chalar va ularning yaqinida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida xizmat olib boradigan YPX xodimlarining ishoralariga va yo‘l belgilari talablariga rioya qilish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: