Bog‘cha tizimidagi xodimlar orasida erkaklarning ulushi 0,3 foizdan 4,5 foizga yetdi - Agrippina Shin

O‘zbekiston 19:36 / 04.08.2021 3767

Vazir bu haqda 4 avgust kuni maktabgacha ta'lim sohasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Xalqaro press-klub sessiyasida gapirib o‘tdi.

Sessiyada ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston aholisining 2,8 mln qismi – 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Aholining yillik o‘sishi 780 ming bolaga to‘g‘ri kelmoqda.

Qayd etilishicha, 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish 2017 yilda 708 247 nafar (27,7%), 2018 yilda 932 310 nafar (37,7%), 2019 yilda 1 413 290 nafar (52,3%), 2020 yilda 1 699 566 nafar (60,9%), 2021 yil iyun oyi holatiga 1 760 808 nafar (62,4%)ni tashkil qilgan.

2030 yilga kelib maktabgacha ta'limga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.

Soha rivoji yo‘lida ajratilgan davlat budjeti xarajatlari yildan yilga o‘sib bormoqda. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan ta'lim xarajatlari ulushidagi davlat budjeti xarajatlari 2017 yil 15,5 foizga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yilga kelib 21,8 foizga ortgan.

Ko‘proq yangiliklar: