BMTning Din va e'tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston 11:22 / 04.08.2021 3973

Ahmad Shahid O‘zbekiston hukumatining uning ofisi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamda ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorligi izchilligiga yuqori baho berib, mamlakat bilan o‘rnatilgan muloqotni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

Ahmad Shahid joriy yil sentabr oyida O‘zbekistonga safar qilib, Nyu-York shahri universiteti huzuridagi Ralf Banch nomidagi xalqaro tadqiqotlar instituti va Esseks universiteti huquqshunoslik maktabi yordamida texnik ko‘mak dasturini ishga tushirishga tayyorligini ma'lum qildi. 

Qayd etilishicha, safar dasturida tegishli davlat idoralari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminar va treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, BMT doirasida qo‘llanilayotgan inson huquqlari ko‘rsatkichlariga asoslangan milliy monitoring va baholash tizimini ishlab chiqishda maslahat yordami ko‘rsatiladi.

BMT maxsus ma'ruzachisi «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumini o‘tkazish rejasini olqishlab, mazkur anjuman yakunlari bo‘yicha «Buxoro deklaratsiyasi» qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Ahmad Shahid «Buxoro deklaratsiya»si loyihasini ishlab chiqishda zarur maslahat yordami ko‘rsatishini, shuningdek, dekabr oyida ushbu xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yana bir bor safar qilishini tasdiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: