BAAda robot-politsiyachi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Jahon 23:09 / 04.08.2021 3483

Birlashgan Arab Amirliklarida robot-politsiyachi bir yil davomida sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda «MVD Media» xabar bermoqda.

«Robot xodimlarning ishini yengillashtirish va koronavirus pandemiyasi davrida odamlar o‘rtasidagi muloqotni kamaytirishga yordam beradi», — dedi Abu-Dabi politsiyasi ijrochi direktori Suhayl al-Hayli.

Permdagi «Promobot» kompaniyasi ishlab chiqargan robot Abu-Dabida o‘tgan yil iyunida ish boshlagandi. Al-Haylining so‘zlariga ko‘ra, u sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda android tizimi takomillashtirilgan.

Robot sun'iy ong yordamida ingliz va arab tillarida so‘zlashadi. 

«Promobot»ga qiyofadan tanish tizimi o‘rnatilgan. U barcha xodimlar, tashrif buyuruvchilar va jinoyatchilarni taniy oladi. Robot kontaksiz termometr bilan ham jihozlangan bo‘lib, erkin harakatlangan holda obektlarni qo‘riqlashi va odamlarning haroratini o‘lchashi mumkin.

Hozirda Dubay hamda Sharja va Ajman amirliklari politsiya bo‘limlarida robotlardan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: