Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlaridagi ayrim tumanlar gulchilikka ixtisoslashtiriladi

O‘zbekiston 20:59 / 04.08.2021 4239

Prezident Shavkat Mirziyoyev gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini rivojlantirishga oid qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda Nigoh Telegram-kanali.

Hujjatga ko‘ra:

  • Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilmoqda. Uning faoliyatini tashkil etish, malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 20 mlrd so‘m ajratilmoqda;
  • Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinko‘l tumanlari, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod tumanlari, Jizzax viloyatining Zomin va G‘allaorol tumanlari gulchilikka ixtisoslashtirilmoqda.

Gulchilik sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlash maqsadida:

  • 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi OTMlarda Gulchilik magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
  • 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish bakalavriat ta'lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga gulchilikka oid mutaxassislik fanlari kiritiladi va ularning o‘quv soatlari oshiriladi;
  • gul eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlarining gul ko‘chatlari, urug‘lari, piyozlari va payvandtaglari importi uchun sarflagan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;
  • 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika hududiga olib kirilayotgan tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya hamda boshqa tirik o‘simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishiga nisbatan bojxona bojining “nol” stavkasi belgilanmoqda;
  • gulchilik sohasida ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan grantlar ajratish tizimi joriy etiladi;
  • Toshkent va Namangan shaharlarida yirik ulgurji gul bozori tashkil etiladi.
Ko‘proq yangiliklar: