The New York Times o‘z xodimlariga koronavirus kelib chiqishini o‘rganishni taqiqlab qo‘ygan - OAV

Foto: Reuters
AQShning The New York Times nashri bosh muharriri xodimlarga koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha surishtiruv olib bormaslikka ko‘rsatma bergan. Bu haqda manbalarga tayanib The Spectator britan nashri xabar berdi.
“2020 yil boshida men nashrning bosh muharririga koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishni taklif qilgandim. Biroq menga bu haqda maqola chop etish xavfli ekani aytilgan. Koronavirus odamzot tomonidan yaratilgani yoki laboratoriyadan chiqib ketganidan guvohlik beruvchi har qanday surishtiruvga qarshilik bo‘lgan”, deb aytgan nashr xodimlaridan biri.
Yana bir manbaning ta'kidlashicha, nashr virusning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha har qanday urinishlarga chek qo‘ygan, JSSTning bu boradagi yondashuvidan og‘ishish esa “fitna” deb qabul qilingan.
15 iyulda JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreysus tashkilot koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha tergovning 2-bosqichini o‘tkazishga tayyorlanayotganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, tergovning 1-bosqichi muayyan muammolarga, jumladan “pandemiya boshidagi ma'lumotlarni olishda murakkabliklar”ga to‘qnash kelgan.
Mavzuga oid

15:37 / 21.02.2025
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi

17:01 / 26.01.2025
MRB koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqqani haqidagi hisobotni e’lon qildi

17:49 / 01.01.2025
Olimlar Kongoda tarqalgan noma’lum kasallikning kelib chiqish sababini aniqladi

20:02 / 31.12.2024