Test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma'lumotlar e'lon qilindi

O‘zbekiston 09:00 / 03.08.2021 22319

DTMning rasmiy veb-saytiga 2021-2022 o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma'lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma'lumotlar aks etgan:

  • stadion yoki xiyobonning rasmi;
  • hududga kirish joylari;
  • stadion yoki xiyobon nomi;
  • stadion yoki xiyobon manzili;
  • sektor raqami;
  • test topshiradigan guruhlar;
  • stadion yoki xiyobonning Google xaritadagi geolokatsiyasi.

Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar: https://dtm.uz/page/maydon_2021

Bildirilishicha, yuqoridagi sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma'lumotlar bilan tanishish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: