«Roma» Eldor Shomurodov transferini e'lon qildi

Sport 07:17 / 03.08.2021 39944

O‘zbekistonlik 26 yoshli futbolchi Rim klubi bilan 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Transfer qiymati — 17,5 mln yevro. 

Hujumchi yangi jamoasida 14-raqamda harakat qiladi.

«Roma»ga o‘tish faoliyatimdagi eng katta qadam bo‘ldi. Dunyodagi eng katta klublardan biri uchun qo‘limdan kelganini qilishga tayyorman. Ajoyib jamoadoshlarim va murabbiy bilan birga ishlashni intiqib kutyapman», — dedi Eldor tanishtiruvdan keyin.

Ma'lumot uchun, Shomurodov o‘tgan mavsumda A Seriyada 31ta bahsda maydonga tushib, 8ta gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: